Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Abduqodir Husanov va uning jamoasi mozaikada tasvirlandi

Abduqodir Husanov va uning jamoasi mozaikada tasvirlandi

Baho:
+ | -

Toshkent shahridagi “JAR” stadionida Yoshlar ishlari agentligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi hamkorligida yurtimiz faxri, mashhur futbolchi Abduqodir Husanovga bo‘lgan chuqur hurmat ifodasi sifatida betakror san’at va sport sintezi bo‘lgan yirik loyiha amalga oshirildi.

Loyiha doirasida “JAR” stadionida 15 ming dona kubik-rubik yordamida tayyorlangan ulkan mozaika portretlar orqali Abduqodir Husanov hamda uning jamoadoshlari tasvirlandi. Ushbu portretlar yosh ijodkor, beqiyos iqtidor egasi Husanboy Mirzahabibov boshchiligidagi ijodiy jamoa tomonidan tayyorlandi.

O‘zbek yoshlarining salohiyati, iqtidorini butun dunyoga ko‘rsatish, shuningdek, Abduqodir Husanov shaxsi orqali yurtimiz yoshlarining Vatanga sadoqati va xalqimizning ehtiromini butun jahon sport jamoatchiligiga yetkazish maqsadida tashkil etilgan mazkur loyiha Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirildi.

Yakunda eng qizg‘in jarayonlar aks etgan maxsus videorolik tayyorlandi va “Manchester Siti” futbol klubining rasmiy instagram sahifasi bilan kollaborasiya qilindi.

Kiritildi: 16:09, 04.08.2025.
O'qildi: 1507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.