Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Borussiya Dortmund" Sancho transferi ustida ishlamoqda

"Borussiya Dortmund" Sancho transferi ustida ishlamoqda

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi vinger Jeydon Sanchoni uchinchi bor jamoaga olib kelish bo‘yicha ish olib bormoqda. Sky Sports News xabariga ko‘ra, "asalarilar" hali "Manchester Yunayted"ga rasmiy taklif bilan chiqmagan, ammo shartlar bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganmoqda.

Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" 25 yoshli Sanchoni sotishni ma’qul ko‘radi, ammo yana bir ijara variantini istisno qilmayapti. Shu bilan birga, "qizil iblislar" ijara shartnomasida sotib olish imkoniyatini ko‘rsatilishini xohlashadi.

O‘tgan mavsumda Sancho "Chelsi"da ijarada o‘ynagan, ammo London klubi futbolchini sotib olmaslikka qaror qilgandi. Jeydonning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:48, 04.08.2025.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик