Kirish Ro'yxatdan o'tish

Payshao: "Riberi yo‘lini takrorlamoqchiman"

Payshao: "Riberi yo‘lini takrorlamoqchiman"

Baho:
+ | -

"Marsel"ning yangi a’zosi Igor Payshao yangi klubidagi maqsadlari haqida gapirdi. Provansliklar braziliyalik vingerni "Feyenoord"dan 30 mln yevroga sotib oldi. Transfer 1 avgust kuni e’lon qilindi.

"Tanlov menga oson bo‘ldi. "Marsel" - ajoyib klub, o‘tganimdan xursandman. Roberto de Dzerbi - top-murabbiy, biz yaxshi suhbatlashdik. O‘tmishda "Marsel"da Frank Riberi o‘ynagan - menda ham shunga o‘xshash xususiyatlar bor. U juda yaxshi edi va men uning yo‘lini takrorlamoqchiman," - deya 25 yoshli futbolchining so‘zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.

Frank Riberi 2005 yildan 2007 yilgacha "Marsel"da o‘ynagan, shundan so‘ng u Myunxenning "Bavariya" klubiga ko‘chib o‘tgan va u yerda 12 yil o‘tkazgan.

Kiritildi: 05:46, 05.08.2025.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик