Neymar Braziliya chempionatida dubl qayd etdi.
"Santos"ning 33 yoshli hujumchisi Braziliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan "Juventuda"ga (3:1) qarshi o‘yinda ikkita gol urdi.
Uchrashuvdagi dastlabki golni Neymar 37-daqiqada kiritgan bo‘lsa, 80-daqiqada penaltidan gol urib, dublni rasmiylashtirdi.
Braziliyalik futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘yin o‘tkazdi.
Joriy mavsumda forvard chempionatning 9 ta o‘yinida 3 ta gol urdi.













