Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

"Yuventus" bosh murabbiyi jamoa yarim himoyachisining "Napoli"ga transferini blokladi

"Yuventus" bosh murabbiyi jamoa yarim himoyachisining "Napoli"ga transferini blokladi

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor yarim himoyachi Fabio Mirettining sotilishiga taqiq qo‘ydi.

22 yoshli futbolchini "Napoli" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va so‘nggi vaqtlarda klublar o‘rtasidagi muzokaralar rivojlanib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Tuttosport xabariga ko‘ra, Tudor kelishuvni bloklagan - xavbek mavsumoldi tayyorgarlik boshida uni hayratda qoldirgan. "Keksa sinyora" yetakchisi bo‘lajak kampaniyada yosh italiyalikka umid qilmoqda.

Qayd etilishicha, Tudor "Yuventus" uning pozisiyasiga boshqa futbolchini imzolagan taqdirdagina Mirettining sotilishini ma’qullashi mumkin.

Fabio Miretti o‘tgan mavsumni "Jenoa"da ijara asosida o‘tkazdi, uning turinliklar bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:51, 05.08.2025.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик