Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Superliga. "So‘g‘diyona" - "Navbahor". Prevyu

Superliga. "So‘g‘diyona" - "Navbahor". Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" o‘z maydonida Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasini qabul qiladi.
Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining  superliga (oliy liga)sida o‘zaro 59-marta uchrashishgan.
Ushbu o‘yinlarning 28 tasida "Navbahor"  g‘alaba qozongan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" 23 ta bahsda zafar quchgan, 8 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 98-70, "Navbahor" foydasiga.
Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 92 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 77 ochko mavjud.
"Navbahor" – "So‘g‘diyona" klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘sha yili "lochinlar" Namanganda jizzaxliklar darvozasiga 7 ta javobsiz to‘p kiritishgandi.
Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan.
E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan.
2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda "So‘g‘diyona" 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.
Namanganda bo‘lib o‘tgan  29 uchrashuvning 21 tasida "lochinlar" zafar quchishgan bo‘lsa, 3 ta o‘yinda jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan, 5 ta bahsda esa jamoalar durangga imzo chekishgan.
"Navbahor"ning o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridagi to‘plar nisbati – 63-20.
Mazkur jamoalarning 1-davrada Jizzaxda bo‘lib o‘tgan bahsida "Navbahor" 3:2 hisobida zafar quchgandi. Mezbonlarning goliga Lupcho Doriyev (14,76), namanganliklarning gollariga esa Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (2), Ruslanbek Jiyanov (66)  va Augusto Pedro (90)lar mualliflik qilishgandi.   
Eslatib o‘tamiz, "Navbahor" – "So‘g‘diyona" o‘yini  bugun Namangandagi "Markaziy" stadionida soat 19:00 da start oladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 12:20, 06.08.2025.
O'qildi: 445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.