"Barselona" tarbiyalanuvchisi Jerar Martin yangi mavsumda Ligada asosiy jamoa futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Sport nashri xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi yangi mavsumni 18-raqam ostida o‘tkazadi. U o‘tgan mavsumda 35-raqamda harakat qilgandi.
Jerar Martin "ko‘k-anorranglilar" asosiy jamoasi safida jami 42 ta o‘yinda 1 ta gol urib, 6 ta golli pas bergan.













