Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Karlush Keyrush O‘monni JCHga olib chiqmoqchi

Karlush Keyrush O‘monni JCHga olib chiqmoqchi

Baho:
+ | -

O‘mon milliy futbol jamoasining yaqinda tayinlangan bosh murabbiyi Karlush Keyrush jamoa oldiga aniq maqsad qo‘ydi – 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish. Seshanba kuni Masqatda bo‘lib o‘tgan tanishuv matbuot anjumanida portugaliyalik mutaxassis o‘z rejalari haqida gapirdi va bu tarixiy imkoniyatni amalga oshirish uchun millat yakdilligini talab etdi.

“Biz o‘zimizni aldab yashay olmaymiz. Agar o‘zimizni aldasak, muvaffaqiyatga erisha olmaymiz”, – dedi Keyrush. – “Rostgo‘ylik juda muhim. Biz bu yerga zehn bilan, aql bilan ishlash va muvaffaqiyatga erishish uchun kelganmiz”.

Iyul oyida rasman bosh murabbiy sifatida tayinlangan Keyrush avval ham olti turli mamlakat jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqqan. Unga ko‘ra, O‘mon bilan bunday natijaga erishish butun futbol jamoatchiligining umumiy sa’y-harakatlarini talab qiladi.

“Har bir inson bu muhim vazifa ekanini tushunishi lozim – futbolchilar, klublar, boshqaruvchilar va rasmiylar – hammamizning kuchimiz birlashishi kerak”, – dedi u. – “Bunday imkoniyat O‘mon tarixida hali bo‘lmagan. Biz bu orzuni ro‘yobga chiqarish uchun undan foydalanishimiz kerak”.

71 yoshli murabbiy allaqachon jamoa va futbolchilarni tahlil qilish ishlarini boshlab yubordi. O‘mon terma jamoasi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo chempionati oldidan Turkiyada yig‘in o‘tkazishi rejalashtirilgan.

“O‘monda besh milliondan ortiq aholi bor, lekin yurak faqat bitta urishi kerak”, – dedi Keyrush. – “Bu orzu – bizning vazifamiz. Unga intizom va to‘g‘ri xulq orqali erishishimiz mumkin”.

“Real Madrid”ning sobiq murabbiyi joriy yil oktyabr oyida Jahon chempionatiga chiqish bo‘yicha yo‘l xaritasi e’lon qilinishi haqida ma’lum qildi.

“Hozirgi asosiy vazifa – butun energiya va imkoniyatlarni Jahon chempionatiga chiqishga safarbar qilish”, – dedi u. – “Oktyabrdan so‘ng O‘mon futboli rivojlanishi bo‘yicha aniq reja taqdim etamiz”.

Manba: www.muscatdaily.com
Kiritildi: 17:23, 06.08.2025.
O'qildi: 2783 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик