Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Vadim Abramov: "G‘alabadan xursandman, lekin bunday o‘ynash kerak emas"

Vadim Abramov: "G‘alabadan xursandman, lekin bunday o‘ynash kerak emas"

Baho:
+ | -

Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Dinamo" (2:4) uchrashuvidan so‘ng "Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— O‘yinning boshidayoq ikkita gol o‘tkazib, keyin hisobni tenglashtirib, yakunda yutib ketishni faqat biz eplay olsak kerak. Jamoam bilan doim qiziq holatlar ro‘y berib turadi. O‘tgan tur 2:0 hisobida oldinda borib, qandaydir 10 daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yuborgandik. Bugun esa besh daqiqada ikkita o‘tkazdik, ammo yakunda g‘alabani o‘z tomonimizga og‘dira oldik. Juda qiyin bahs guvohi bo‘ldik. G‘alabadan xursandman, lekin bunaqa o‘ynash kerak emas.

— "Mash’al"dan shunday startni kutganmidingiz?
— To‘g‘risini aytsam, yo‘q. Bugun o‘zimiz oltita gol urdik. Ikkitasi o‘z darvozamizga, to‘rttasini raqib darvozasiga. Birinchi taymda hisobni tenglashtirib olganimiz yaxshi bo‘ldi, yo‘qsa yanada qiyin bo‘lardi. Hisob tenglashgach, g‘alabaga o‘ynash oson bo‘lmadi. O‘yindan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotda futbolchilarning bemalol ekanligini ko‘rib diqqatli bo‘linglar, bizni oson raqib kutmayapti deb aytgandim.

— Gollarda darvozabonning aybi bormi?
— Bugungi bahsda darvozabonimizga o‘ziga bo‘lgan ishonch ko‘rinmadi. Bu esa meni hayron qoldirdi. Balki keyingi turlarda ishonchli darvozabonni sinab ko‘rarmiz.

— Bu yilgi chempionatning eng kuchli jamoasi qaysi?
— Ikkinchi davra endi boshlandi va birdaniga bu savolga javob berish qiyin. Deyarli har turda kutilmagan natijalar ro‘y beryapti. Bugun yutqazib qo‘yishimiz ham mumkin edi.

— "Dinamo" keyingi turlarda "Paxtakor" va OKMKga qarshi bahs olib boradi.
— Avval "Paxtakor" haqida o‘ylaymiz, chunki birinchi ular bilan o‘ynaymiz. "Paxtakor" kecha o‘ynadi va bizga nisbatan tiklanishga bir kun ko‘p vaqti bo‘ladi. Keyin esa OKMK bilan bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 06:04, 07.08.2025.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.