Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Maksim Shaskix: “Natijadan qoniqdim. Yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi”

Maksim Shaskix: “Natijadan qoniqdim. Yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” (1:1) o‘rtasidagi uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shaskix qatnashdi.

- Xayrli oqshom. O‘ylaymanki, o‘yin muxlislarga yoqdi. Juda qiziqarli uchrashuv bo‘ldi. Raqib tomonidan ham, biz tomondan ham rejalangan ishlarni amalga oshirishga harakat qildik. Uchrashuvdan avval futbolchilarga bergan ko‘rsatmalarni ular bajarishdi. Bu o‘yinga yigitlar ko‘p kuch sarflashdi. Unutmaylikki, safarda amaldagi chempion jamoaga qarshi maydonga tushdik. O‘yindan va natijadan qoniqdim.

- Natijadan rozi bo‘ldingizmi?

- Natijadan roziman. Bu uchrashuvda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi.

- Maksim Aleksandrovich, uchrashuv qanday bo‘lishini kutgandingiz?

- Biz shunday o‘yin bo‘lishini, “Nasaf” o‘yinni nazorat qilishini sezgandik. Shunday ekan, qarshi hujumlarda vaziyatlarni poylab oldinga o‘tishni reja qilganmiz. Birinchi taymda bizda bunday imkoniyatlar bir necha marotaba yuz berdi. Ikkinchi taymda ham bunday imkoniyat bo‘ldi. Ba’zi vaziyatlarda tajriba yetishmay qoldi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular oxirigacha chidashdi.

- Ikkinchi davradagi o‘zgarishlardan qoniqish hosil qildingizmi?

- Ha, mamnunman. Endi ikkita turni o‘tkazdik. Barchasi reja asosida davom etyapti. Biz ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Oldimizda yana uchta tur bor va keyin chempionatda biroz tanaffus bo‘ladi. Chempionatimizni ushbu o‘yinlari orqali Osiyo Chempionlar ligasiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib boramiz.

- Ko‘rinib turibdiki, jamoa o‘yini yaxshi tomonga o‘zgargan...

- O‘yindan-o‘yinga vaziyatga qarab o‘zgarishlarni qilishga harakat qilyapmiz, taktik va jismoniy tomondan ham.

Kiritildi: 02:18, 08.08.2025.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.