Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti.

"Barselona" Joan Garsiyani ro‘yxatdan o‘tkaza olmayapti.

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya Ispaniya chempionatining yangi mavsumi boshlanishini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Marca xabariga ko‘ra, "Barselona" rahbariyati Inyaka Penya ketgan taqdirda ham yangi darvozabon Joan Garsiyani qaydnomaga kirita olmaydi. Sababi, kataloniyaliklar hamon La Liganing "birga bir" moliyaviy qoidasiga mos kelmayapti.

"Ko‘k-anorranglilar" bu darvozabonni joriy yozda "Espanyol"dan 25 million yevro evaziga xarid qilgan edi. O‘tgan mavsumda 24 yoshli ispaniyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasida 38ta o‘yinda maydonga tushib, 8 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

"Barselona" yangi mavsumning dastlabki o‘yinini 16 avgust kuni "Malyorka"ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:53, 08.08.2025.
O'qildi: 2470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик