Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Akmal Rustamov: "O‘ylaymanki, biz o‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz"

Akmal Rustamov: "O‘ylaymanki, biz o‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz"

Baho:
+ | -

Superliga 17-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" — "Buxoro" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

— Avvalo butun Navoiy xalqini va muxlislarimizni ushbu g‘alaba bilan tabriklayman. O‘tgan tur "Surxon" bilan bo‘lgan qiyin uchrashuvdan so‘ng tezda tiklanib bu bahsga e’tiborimizni qaratdik. Yigitlarga rahmat, hamma bor kuchi bilan o‘ynab g‘alaba qozondik. "Buxoro"ni o‘rganib chiqqandik, raqibning uzun uzatmalar bilan o‘ynashiga tayyor edik.

—  Oxirgi ikki turdan beri Shahzod Rahmatullayev barvaqt zaxiraga olinayotgandek.

— Bu taktika bilan bog‘liq. Hozirgi futbolda ayniqsa markaziy yarim himoyachilar katta hajmdagi ishni bajaradi. Bu toifadagi futbolchilar 60-70 daqiqa o‘ynab, toliqib qolishadi. Bir oylik tanaffusda biz ko‘proq o‘rtani kuchaytirishga harakat qildik. Shu bois ham Shahzod charchab qolgani uchun birmuncha erta zaxiraga olyapmiz.

— Uyda himoyaviy o‘yin ko‘ryapmiz. Bu g‘alati emasmi?

— Uchrashuvni muxlis sifatida tomosha qilganlar shunday o‘ylashi mumkin. Lekin biz bir to‘xtamga kelish uchun ma’lum taktika ustida ish olib boramiz. Qaysi tomonimiz kuchli bo‘lsa, shundan foydalanishga harakat qilamiz. Hozir Yevropada ham top klublar raqibni ikkinchi hududda kutib qarshi hujum bo‘yicha o‘ynayapti. Birinchi taymda 7-8ta imkoniyatga ega bo‘lib bitta gol urdik. To‘g‘ri, ikkinchi bo‘limda vaziyat kam bo‘lgandir, lekin hisobni saqlab qolish uchun o‘ynamasak bo‘lmasdi.

— O‘yinning oxirgi daqiqalarida zaxiradan futbolchi maydonga tushishga tayyor turibdi, lekin futbolchilar to‘pni maydon tashqarisiga tepib yubormasdan hujumga o‘tishyapti. Zaxiradan tushishi kerak bo‘lgan o‘yinchi esa qarab qolyapti. Undan ko‘ra to‘pni tepib yuborib o‘sha futbolchining maydonga tushishiga imkon bergan yaxshimasmi?

— Jamoa hujumga o‘tganda hammaning o‘y-xayoli gol urishda bo‘ladi. Bu o‘rinda hech kim to‘pni shunchaki tepib yubormaydi. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak, balki o‘sha vaziyat gol bilan yakunlanib qolsa-chi?

— Bugun jamoangiz 4-3-2-1 sxemasida o‘ynadi. Hammasi yaxshi ko‘rindi, faqat oxirgi pasni berishda kamchiliklar kuzatilyapti. Bu nima bilan bog‘liq?

— Bu savolni ko‘p muxlislar bermoqda. Jamoamizda uch nafar yangi futbolchi bor va bugun ularning uchalasi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bular — Islom Kenjaboyev, Shohro‘z Norxonov va Asror G‘ofurov. O‘ylaymanki, biz o‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Yangi futbolchilar jamoaga to‘liq kirishib ketganidan keyin hammasi yaxshi bo‘ladi.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 09:15, 09.08.2025.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.