Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Umar London klubiga o‘tishi mumkin

Umar London klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Angliyaning "Fulxem" klubi Ispaniyaning "Real Sosyedad" klubi bilan 28 yoshli nigeriyalik hujumchi Umar Sodiq transferini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Fichajes portali xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, "Fulxem" sport direktori transfer imkoniyati borasida qarshi tomon bilan bog‘langan. Sodiq San-Sebastyan klubining uzoq muddatli rejalariga kiritilmagan, "Fulxem" esa ushbu futbolchida hujumni kuchaytirishni ko‘rmoqda. Transfer summasi 10 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi klub miqyosida 30 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi (19 ta o‘yin va 6 ta gol - "Valensiya"dan ijara asosida).

Kiritildi: 05:41, 10.08.2025.
O'qildi: 1373 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик