Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Chelsi" hujumchisi Liga 1'ga o‘tishi mumkin

"Chelsi" hujumchisi Liga 1'ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Chelsi" forvardi David Datro Fofana faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Futbolchiga "Nissa" va "Tuluza" qiziqmoqda. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, fransuz klublari "Chelsi" bilan transfer tafsilotlarini muhokama qilmoqda. "Tuluza" hujumchi uchun 4-5 mln yevro berishga tayyor, ammo klub Fofananing maosh bo‘yicha talablarini qondira olishiga ishonchi komil emas.

"Nissa" forvardni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi, ammo "Chelsi" rahbariyati ivuarlik futbolchini to‘liq sotib yubormoqchi.

O‘tgan mavsumda Fofana Turkiyaning "Gyoztepe" klubi safida to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. Qishda "Chelsi" hujumchining ijarasini muddatidan oldin to‘xtatib, uni London klubiga qaytardi.

Kiritildi: 18:02, 10.08.2025.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик