Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn: "Telga ortiqcha bosim o‘tkazmoqchi emasman"

Keyn: "Telga ortiqcha bosim o‘tkazmoqchi emasman"

Baho:
+ | -

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Xarri Keyn yaqinda “Tottenxem”ga o‘tgan sobiq jamoadoshi Matis Telning istiqboliga yuqori baho berdi.

"Matis ulkan salohiyatga ega. U hujumda qaysi pozisiyada o‘ynamasin, har doim xavfli hududlarda bo‘sh joy topa oladi, u yaxshi yakunlovchi va yakkama-yakka vaziyatlarda zo‘r.

Lekin men unga ortiqcha bosim o‘tkazmoqchi emasman.

U hali juda yosh va Premyer-ligada o‘ynashi kerak. Garchi "Bavariya"da tajriba orttirgan bo‘lsa-da, u hali ham o‘zini rivojlantirishi va bu o‘yindan zavqlanishini istaydi.

Umid qilamanki, u Premyer-ligada porlay oladi", - deya Keynning so‘zlarini keltiradi Bayern & Germany.

Kiritildi: 21:42, 10.08.2025.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик