Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Amerikalik sharhlovchi Bahodir Jalolov kimga qarshi jang qilish kerakligini aytdi

Amerikalik sharhlovchi Bahodir Jalolov kimga qarshi jang qilish kerakligini aytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Amerikalik boks sharhlovchisi Harri Uilyams o‘zbekistonlik super og‘ir vazn toifasida ringga chiqadigan Bahodir Jalolov (15-0, 14 KO) britaniyalik 20 yoshli Mozes Itauma (12-0, 10 KO) bilan jang qilishi kerakligini aytdi. Bu haqda Sports.kz nashri xabar berdi.

Hozirga qadar Jalolov professional boksda kuchsiz raqiblar bilan jang qilgani uchun tanqidga uchrab keladi. Harri Uilyamsning ta’kidlashicha, agar u Mozes Itaumaga qarshi ringga chiqsa, bu kabi tanqidlarga nuqta qo‘yishi mumkin:

"Itauma va Jalolov o‘rtasida jang tashkil etish lozim. Itauma bor-yo‘g‘i 20 yoshda, havaskor boksda unchalik katta tajribaga ega emas. Shunga qaramay, u jahon chempionligi uchun da’vogar sifatida qaralmoqda. Jalolov esa 31 yoshda — u havaskor va professional ringda katta tajribaga ega, ikki karra Olimpiya chempioni va chempionlik unvoniga asosiy nomzodlardan biri. Agar Itauma shunday kuchli raqibni mag‘lub etsa, bu uning faoliyatidagi katta yutuq bo‘ladi. Yoki aksincha bo‘lsa, Jalolov o‘ziga nisbatan tanqidlarga nuqta qo‘yadi", — deb yozdi Uilyams o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida.

Bahodir Jalolov professional boksda 15 marta ringga chiqqan bo‘lib, ulardan 14 tasini nokaut bilan, 1 tasini esa hakamlar qarori bilan yutgan. U so‘nggi jangini 2025-yil 5-aprel kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida ukrainalik Igor Shevadzutskiy (12-3, 10 KO)ga qarshi o‘tkazdi. Ushbu bahsda Jalolov hakamlar yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi.

Shuningdek, Jalolov 26-iyul kuni AQSHning Nyu-York shahrida italiyalik bokschi Janmarko Kardiloga qarshi navbatdagi jangini o‘tkazishi kerak edi. Biroq Kardiloning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli jang bekor qilingan.

Mozes Itauma atigi 20 yoshda bo‘lishiga qaramay, professional boksda ajoyib natijalarni ko‘rsatmoqda. U hozirgacha 12 jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan (10 tasi — nokaut bilan). Itauma so‘nggi jangini 2025-yil 24-may kuni amerikalik tajribali bokschi Mayk Balogunga qarshi o‘tkazdi. Jang ikkinchi raundda texnik nokaut (TKO) bilan yakunlandi va Mozes o‘zining mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Kiritildi: 16:42, 11.08.2025.
O'qildi: 2346 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик