Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta - Malaga

O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi a’zolari taqdirlandi

O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi a’zolari taqdirlandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-20 qizlar terma jamoasi 2026 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Terma jamoamiz saralash bosqichi doirasida Bahrayn (8:0) va Shimoliy Mariana orollari (8:0) ustidan yirik g‘alabalarga erishdi hamda Iordaniya termasi bilan durang (3:3) o‘ynadi. Ushbu natijalar evaziga Vladimir Panov boshqaruvidagi jamoamiz o‘z guruhida birinchi o‘rinni egalladi va 2026 yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘l oldi.

Mazkur tarixiy yutuq munosabati bilan bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati hamda terma jamoa a’zolari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov, O‘FA Prezidenti maslahatchisi Avaz Azizxo‘jayev va O‘FA Bosh kotibi Avaz Maksumov ishtirok etib, terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabini mazkur yutuq bilan samimiy tabrikladilar.

Uchrashuv davomida jamoa a’zolariga yaratilgan sharoitlar, ularning rivojlanish istiqbollari va kelgusidagi rejalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, xalqaro maydonda O‘zbekiston sha’nini munosib himoya qilgan futbolchilar va murabbiylarga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan pul mukofotlari topshirildi.

O‘FA rahbariyati ushbu tarixiy muvaffaqiyatga o‘z hissasini qo‘shgan har bir futbolchi, murabbiy va mutasaddilarga minnatdorlik bildirib, jamoamizga 2026 yilgi Osiyo kubogining final bosqichida muvaffaqiyat, Jahon chempionati yo‘llanmasi yo‘lida omad tiladi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 19:22, 11.08.2025.
O'qildi: 1341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик