Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Vilyarreal" va "Barselona" La Liga o‘yinini AQSHda o‘tkazishni so‘rashdi

"Vilyarreal" va "Barselona" La Liga o‘yinini AQSHda o‘tkazishni so‘rashdi

Baho:
+ | -

Bu haqda Ispaniya qirollik futbol federasiyasi saytida bayonot e’lon qilindi.

Unda aytilishicha, "Vilyarreal" va "Barselona" klublari La Liganing 17-turidan o‘rin olgan o‘yinni AQSHda o‘tkazishni so‘rashgan.

Dushanba kungi yig‘ilishda federasiya klublarning arizasini ko‘rib chiqishni ma’qulladi. So‘rovlar UEFA va FIFAga yuboriladi.

“Vilyarreal” – “Barselona” uchrashuvi 20-dekabr, shanba kuni Mayamidagi “Hard Rock” stadionida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Avval Ispaniya chempionati tarixida boshqa mamlakatlarda o‘yinlar o‘tkazilmagan. Shu bilan birga, so‘nggi yillarda La Liga rahbari Xavyer Tebas AQSHda o‘yinlardan birini tashkil etish ustida faol ishlamoqda.

Kiritildi: 19:47, 11.08.2025.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик