Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Brayton" "MYU"ning harakatlari besamar ketishiga ishonmoqda

"Brayton" "MYU"ning harakatlari besamar ketishiga ishonmoqda

Baho:
+ | -

So‘nggi vaqtlarda "Manchester Yunayted" "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Balebani o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqaldi. "Qizil iblislar" 21 yoshli futbolchining agentlari bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Mankunianliklar kamerunlik bilan kelisha olishlariga ishonishmoqda, ammo "chaykalar" rahbariyatini ishontirish juda qiyin bo‘ladi. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, "Brayton" futbolchi bilan muzokaralar olib borilayotganidan xabardor, ammo uni saqlab qolish mumkinligiga ishonchi komil bo‘lgani uchun mutlaqo xotirjam.

Manbaning ta’kidlashicha, Karlos Balebaning "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqidagi gap-so‘zlar yozgi transfer oynasining so‘nggi kunigacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Transfermarkt portalida xavbekning narxi - 40 mln yevro.

Kiritildi: 12:12, 12.08.2025.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик