Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

“PSJ” Bredli Barkolyani “Liverpul”ga sotmaydi

“PSJ” Bredli Barkolyani “Liverpul”ga sotmaydi

Baho:
+ | -

Angliyaning “Liverpul” klubi “PSJ” vingeri Bredli Barkolyani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Ammo parijliklar rahbariyati 22 yoshli futbolchini sotishni istamadi va unga yangi shartnoma taklif qilish arafasida turibdi.

Insayder Fabrisio Romano bergan ma’lumotlarga ko‘ra, “PSJ” rahbarlari yozgi transfer oynasi yopilgach, Barkolyaga moliyaviy tomonlama yaxshi shartnoma taklif qiladi.  Sababi, parijliklar yosh futbolchini tarkibda saqlab qolishga qat’iy qaror qilgan va “Liverpul”ga Bredli “sotilmaydigan futbolchilar”dan biri ekanligini bildirgan.

Avvalroq Barkolya bosh murabbiy Luis Enrike qo‘l ostida muntazam o‘yin amaliyotiga ega emasligidan norozi bo‘lib, “PSJ”ni tark etmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. “Liverpul” Bredli uchun 100 million yevro taklif qilmoqchi ekanligi aytildi. “Liverpul”dan tashqari “Barselona” ham futbolchining atrofidagi vaziyatni kuzatib turibdi. Fichajes nashrining yozishicha, kataloniyaliklar 2026 yilning yozida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.

Barkolya o‘tgan mavsum “PSJ” safida jami 64 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 21 ta gol va 21 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Bredli va parijliklar o‘rtasidagi shartnoma 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:27, 12.08.2025.
O'qildi: 835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик