Kirish Ro'yxatdan o'tish

"PSJ" tarixida ilk bor ukrainalik futbolchi o‘ynaydigan bo‘ldi

"PSJ" tarixida ilk bor ukrainalik futbolchi o‘ynaydigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen"ning yangi a’zosi Ilya Zabarniy fransuz klubi tarixidagi birinchi ukrainalik bo‘ldi. Ilgari parijliklar safida Ukraina pasportiga ega futbolchilar o‘ynamagan.

Bir kun avval Ilya klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan edi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, "PSJ" Zabarniy transferini 63 mln yevroga rasmiylashtirgan. "Bornmut" yana 3 mln yevroni bonus sifatida olishi mumkin. 2023 yilning yanvarida inglizlar himoyachi uchun Kiyevning "Dinamo" klubiga 22,7 mln yevro to‘lagandi.

Avvalroq, Zabarniy transferi tufayli "PSJ" Matvey Safonovni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 13:44, 12.08.2025.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик