Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Bahrom Haydarov: "Uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik"

Bahrom Haydarov: "Uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliga 18-turidan o‘rin olgan "Sho‘rtan" - "Qo‘qon-1912" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida fikringiz?

- Uchrashuvni yaxshi boshladik, futbolchilarimiz ko‘rsatmalarni bajarishdi. Birinchi gol urilgandan keyin jamoamizda ozgina bo‘shashish ko‘rindi. Bosim kamayib qoldi va taym o‘rtalariga kelib "Sho‘rtan" ustunlikni qo‘lga ola boshladi. Raqibda ham vaziyatlar bo‘ldi. Qarshi hujumda ikkinchi golni urganimizdan keyin yana bo‘shashib qoldik. Hisob 2:0 bo‘lgach futbolchilar buyog‘iga hisobni saqlab qolish haqida o‘ylay boshlashdi. Natijada gol o‘tkazib yubordik. Agar vaziyatlar bo‘yicha olib qarasak, "Sho‘rtan" hisobni tenglashtirib qolmay hatto yutib ketishi ham mumkin edi. Uzoq kutilgan g‘alabaga erishdik. Bu g‘alaba bilan barcha muxlislarimizni tabriklayman.

- "Sho‘rtan" jamoasini o‘yindan oldin tahlil qilganda ko‘proq nima e’tiboringizni tortdi?

- G‘uzorliklar to‘p bilan yaxshi muomala qiladi, futbolchilari to‘pni yaxshi ushlaydi. Avvalgi murabbiyda ham shunday edi, hozir ham shunday. Qolaversa tarkibda Timur Mamasiddiqov bor, u juda tezkor va yaxshi futbolchi.

- "Sho‘rtan"dan borib qo‘shilgan Jasur Xolto‘rayev jamoagiz o‘yinini kuchaytira oldimi?

- Jasur juda mehnatkash futbolchi. Himoyachilarni tinch qo‘ymaydigan hujumchi. Unda ko‘p vaziyatlar bo‘lyapti. Jasur hozircha uchta gol urdi va o‘ylaymanki, uning gollari ko‘p bo‘ladi.

- Matbuot anjumanlarida "Hozir gapirsak bahonaga o‘xshab qoladi" degan gapni ko‘p ishlatyapsiz.

- Futbolchi paytimda, murabbiylik faoliyatimda ketma-ket yuta olmaslik seriyasi bo‘lmagan. 7-8ta turdan beri faqat yutqazdik. Xatolarning ko‘pi bir xil. Xatolarni aytamiz, o‘yinga kelganda yana takrorlanadi. Shuning uchun ham har bir gapimiz bahonaga o‘xshab qolyapti dedim. Ko‘p gapirmasdan ishlashga harakat qilyapmiz.

- Shu o‘yinlar oralig‘ida rahbariyat tomonidan sizga nisbatan "Bu sen uchun oxirgi imkoniyat" degan gap bo‘ldimi?

- Yo‘q. Rahbariyat ishonishda davom etyapti va biz ham shunga yarasha qattiq mehnat qilyapmiz. Kubokni qo‘shib hisoblaganda 10ta uchrashuvda yuta olmadik, lekin rahbariyat hech bir o‘yindan oldin bu oxirgi imkoniyat demadi. Nasib qilsa hali o‘zimizni ko‘rsatib, jamoani yuqoriga ko‘taramiz. Biz maqsad sari harakat qilyapmiz. Ishqibozlarni to‘g‘ri tushunamiz. Klubimiz rahbariyatiga esa rahmat aytaman.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 02:03, 13.08.2025.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик