Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Sergey Lushan: “Derbi o‘z nomi bilan derbi”

Sergey Lushan: “Derbi o‘z nomi bilan derbi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- O‘yin haqidagi fikringiz?

- Qiyin bahsni o‘tkazdik. “Andijon”ga qarshi kechadigan bellashuvlar doimo qiyin kechgan. Bir yarim yildan buyon Namanganda ishlab kelyapman va ushbu vaqt davomida andijonliklarga qarshi nechta uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsak, hech qaysinisi oson kechmagan. Derbi o‘z nomi bilan derbi. Futbolchilarga rahmat, bugungi ko‘rsatmalarni 90 foizga to‘g‘ri bajarishdi. Ketma-ket ikkita durangdan so‘ng, g‘alaba qozonganimiz yaxshi bo‘ldi. O‘ylaymanki, mazkur yutuq jamoamizga oldinga qarab ishlash hamda rivojlanish uchun turtki beradi. Raqibning ko‘plab hujumlarini to‘xtatib qoldik. Albatta, o‘zimiz hujumga ko‘p o‘tmadik, lekin ijobiy natija qayd eta oldik. Qo‘lga kiritilgan zafar bilan futbolchilarimiz va muxlislarni tabriklayman.

- O‘tgan turdagi “So‘g‘diyona” bilan bo‘lgan uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan futbolchilardan bir nechtasi bugun asosiy tarkibda o‘ynamadi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Avvalgi o‘yindan keyin ham aytgandim, biz yozgi yig‘inni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik. Qariyb 70 foiz futbolchilar yig‘inda ishtirok eta olishmadi. Legionerlar ikkinchi davra startiga besh kun qolganida, Jiyanov bilan Mirsaidovlar esa 4 kun qolganida safimizga qo‘shilishdi. Bu esa mashg‘ulotlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Hozirgi paytga kelib. hamma mashg‘ulotlarda qatnashyapti va o‘zini ko‘rsatishga harakat qilyapti. Qo‘shimcha mashqlar bajarishyapti. O‘yindan - o‘yinga kuchayib boramiz, deb umid qilaman. Boltaboyev ham endi-endi jamoaga kirishib ketyapti. “So‘g‘diyona”ga qarshi kechadigan O‘zbekiston kubogi o‘yinigacha hamma yaxshi formada bo‘ladi, deb o‘ylayman.

- O‘yindan qoniqdingizmi?

- Ha, jamoamizning harakatidan qoniqdim. Ta’kidlaganimdek, futbolchilar ko‘rsatmalarni to‘g‘ri bajarishdi. Chiroyli gol ham urdik. Biz hozir jamoa tuzish hamda shakllantirish ustida ish olib boryapmiz. Qiyin uchrashuvlar orqali bunga erishamiz.

- Jamoa sardori Azim Ahmedov nima uchun maydonga tushmayapti?

- Bu raqobat bilan bog‘liq. Albatta, Azim Ahmedov kuchli futbolchi, u nafaqat maydonda, balki jamoadoshlari orasida ham yetakchi. Lekin himoya chizig‘imizda braziliyaliklar yaxshiroq ko‘rinmoqda. Ulardan kimdir safdan chiqsa, Azim o‘rnini to‘ldiradi. Bir tomondan zaxira o‘rindig‘imizda shunday o‘yinchi borligi yaxshi, chunki istalgan payt uni maydonga tushirib, foydalana olamiz.

Manba: https://t.me/fcnavbahor
Kiritildi: 02:16, 13.08.2025.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.