Kirish Ro'yxatdan o'tish

Donnarummaning agenti: "PSJ"ning harakatlaridan shokdamiz"

Donnarummaning agenti: "PSJ"ning harakatlaridan shokdamiz"

Baho:
+ | -

Janluidji Donnarummaning agenti Enso Rayola "Pari Sen-Jermen"ning o‘z mijoziga bo‘lgan munosabatidan norozi.

Tomonlar shartnomani uzaytirish haqida kelisha olmadi. Kelishuv muddati kelasi yilning yozida tugaydi, biroq darvozabon shu oyda klubni tark etadi, bu haqda u yaqinda ma’lum qildi.

"Biz "PSJ" harakatlaridan shokdamiz. Klub to‘rt yillik hamkorlikdan so‘ng hech qanday hurmat ko‘rsatmadi. Janluidji maoshni qisqartirishga tayyor edi, ammo klub taklif qilingan shartlarni yana o‘zgartirdi," - dedi Enso Rayola Sky Sport bilan suhbatda.

Endi Parij grandida Lyuka Shevalye asosiy darvozabon bo‘ladi.

Kiritildi: 04:47, 13.08.2025.
O'qildi: 2944 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик