Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

David Alaba Alonso uni yarim himoyada o‘ynatayotganiga munosabat bildirdi

David Alaba Alonso uni yarim himoyada o‘ynatayotganiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso yarim himoya markazida David Alabani o‘ynatishga qaror qildi.

Avvallari avstriyalik futbolchi o‘zining universalligi bilan mashhur bo‘lgan, biroq "Real"ga o‘tganidan buyon uni asosan himoya markazida, faqat ba’zida chap qanotda sinab ko‘rishgan. Alonso tayinlanganidan keyin vaziyat o‘zgardi: endi 33 yoshli futbolchi yana tayanch zonasida o‘ynamoqda.

"Bu butunlay boshqa tajriba. Men avval ham yarim himoyada o‘ynaganman, bu pozisiya menga tanish, ammo o‘shandan beri ko‘p yillar o‘tdi," - deya javob berdi Alaba murabbiyning qarori haqidagi savolga.

Seshanba kungi o‘rtoqlik o‘yinida "Real" Avstriyaning "Tirol" klubini yirik hisobda mag‘lub etdi (4:0). Uchrashuvning 62-daqiqasida David Alaba zaxiradan maydonga tushdi.

Kiritildi: 08:23, 13.08.2025.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик