Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Atalanta" ingliz klubiga hujumchi uchun 35 million yevro taklif qiladi

"Atalanta" ingliz klubiga hujumchi uchun 35 million yevro taklif qiladi

Baho:
+ | -

"Fulxem" hujumchisi Rodrigo Munis Karvalyo faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marsioning o‘z saytida ma’lum qilishicha, "Atalanta" 24 yoshli braziliyalik futbolchi uchun ikkinchi taklifni - 35 million yevro, shuningdek, bonuslar ko‘rinishida 5 million yevro taklif qilgan. Ammo ingliz klubi avvaliga futbolchiga o‘rinbosar topmoqchi.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 million yevroga baholamoqda.

Rodrigo Munis 2024/25 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:29, 13.08.2025.
O'qildi: 1451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик