Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Artyom Petrosyan: «Olimpik»da salohiyat yuqori. O‘yinlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi»

Artyom Petrosyan: «Olimpik»da salohiyat yuqori. O‘yinlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi»

Baho:
+ | -

«Olimpik» - «Lokomotiv» uchrashuvidan so‘ng (0:2) mezbonlar bosh murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin bo‘yicha baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi. Ikkita vaziyat yaratishdi va ikkalasidan ham foydalanishdi. Bizning yigitlar uchrashuvda yaxshi harakat qilishdi. Bir necha vaziyatlar bo‘ldi, lekin golga aylantira olmadik. Yana bir bor takrorlayman, tajriba o‘z so‘zini aytdi.

- Nima deb o‘ylaysiz? «Lokomotiv» bugun bor kuchi bilan o‘ynadimi?

- Men «Lokomotiv» futbolchilarini o‘yindan keyin ko‘rdim, fikrimcha ular 100 foiz charchoq holatida, menimcha. Ular maksimal tarzda harakat qilishdi. Lekin, bu savolni mendan emas, raqib futbolchilaridan so‘rashingiz kerak. Bu biroz provokasion savol. Raqiblar murabbiyi Mirko Yelichich bir necha yildan beri O‘zbekistonda faoliyat olib bormoqda va o‘zidan yaxshi taassurot qoldirgan.

- «Olimpik»da birinchi davrada ham shunday muammo bor edi: ko‘p vaziyat yaratiladi, lekin hujumni yakunlashda qiyinchilikka duch kelinadi. Bugun ham shunday holat ko‘zga tashlandi. Dastlabki daqiqalarda ham jamoa golli vaziyatlar yaratdi. Lekin gol bo‘lmadi. Bu nima bilan bog‘liq?

- Eng qiyini gol urish. Bu nafaqat «Olimpik»da, balki butun dunyoda bu muammo bor. Nima deb o‘ylaysiz, birgina vaziyatdan gol urib keta oladigan hujumchilar butun dunyo bo‘yicha nechta? Juda kam. Bunday hujumchilarning narxi 100 million dollardan ko‘p.

Eng muhimi vaziyat bo‘lmoqda. Vaziyat yarata olmaganimizda boshqa masala edi. Bu borada ishlaymiz. Yakuniy zarba bo‘yicha har bir mashg‘ulotda ishlayapmiz.

- Hozir futbolimizda jamoani yoshartirish tendensiyasi bor. Maydonda baribir tajriba eng muhimi emasmi? Yigitlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish degandek...

- Murabbiylar pasportga qaramasligi kerak. 35 yoshmi, 40 yoshmi... Agar yuklamalarga tayyor bo‘lsa, o‘ynayvergani ma’qul.

Bugun masalan 40 yoshli Anzur Ismoilov samarali harakat ko‘rsatdi. Bitta to‘p oshirish va bosh bilan gol. Shundan so‘ng jamoa xotirjam harakat qila boshladi. Hisob 1:0 bo‘lib turganida esa, o‘yin yakuni «Lokomotiv» uchun asabiy kechishi mumkin edi. Ismoilov, Arveladze... O‘ynashyaptiku. Futbolchi murabbiy talablarini bajaryaptimi, o‘ynayversin.

- «Olimpik»ga shunday futbolchi kerak deb hisoblaysizmi yoki jamoaning yo‘li boshqami?

- Jamoamizning yo‘li boshqa. Biz yosh futbolchilarni Superliga darajasiga olib chiqish va ularga tramplin vazifasini bajarishni maqsad qilganmiz.

- Bugun «Olimpik» jamoasi o‘z salohiyatining necha foizini ko‘rsata oldi deb o‘ylaysiz?

- Jamoada ish boshlaganimga 1 oy bo‘ldi. Tarkibimizga 4 nafar yangi futbolchi kelib qo‘shilgan. Fikrimcha, jamoamizda salohiyat yuqori. Balki, 50 foizdir. Barchasi yigitlarning o‘ziga bog‘liq. Agar har bir futbolchi oz-ozdan qo‘shib borsa, butun jamoa o‘sadi.

- Proligada o‘yinlar soni kam. Yigitlarni tonusda ushlab turish qay darajada qiyin?

- Biz nima qila olamiz? Albatta qancha ko‘p o‘yin bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu savol menga emas. Futbolchida qancha ko‘p o‘yin bo‘lsa, shuncha rivojlanish bo‘ladi. Mashg‘ulotdan ko‘ra, o‘yinlar soni ko‘p bo‘lsa, qiziqish oshadi, futbolchilarning saviyasi ham oshadi.

Manba: fcolympic.uz
Kiritildi: 22:43, 13.08.2025.
O'qildi: 493 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.