Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Fevzi Davletov: «Jamoamdagi istalgan futbolchi yetakchi bo‘la oladi deb o‘ylayman»

Fevzi Davletov: «Jamoamdagi istalgan futbolchi yetakchi bo‘la oladi deb o‘ylayman»

Baho:
+ | -

"Surxon" klubi bosh murabbiyi Fevzi Davletov Superliganing 18-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Bunyodkor"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Dastlab o‘yin haqida fikringiz?
— Ikkala jamoa ham bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Biz uchun g‘alaba juda muhim edi. Yigitlar xarakter ko‘rsatib, chiroyli o‘yin namoyish etishdi. Chiroyli gollar ko‘rdik. Termizda bunday gollarni urmaganimizga ancha bo‘lgandi. Yigitlarni va bizni qo‘llab turgan muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Raqobatchimizga qarshi o‘yinda uch ochko muhim edi, g‘alaba orqali turnir jadvalida biroz bo‘lsada yuqoriladik. To‘g‘ri, o‘yinni yaxshi boshlay olmadik. «Bunyodkor» ikki vaziyatda bizni kechirdi. Ikkala jamoada ham vaziyatlar bo‘ldi, ammo omad bizga kulib boqdi.

— "Nasaf"ga qarshi o‘yindan nimalar kutyapsiz?
— Kelasi o‘yinimiz «Qo‘qon-1912»ga qarshi kechadi. Jamoa tezroq tiklanib olishi kerak, chunki 17 avgust kuni «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘ynaymiz. Hozir bor e’tibor shu uchrashuvga qaratilgan. Ilk navbatda yigitlarni tiklash kerak. Bu uchrashuv biz uchun juda muhim. Hozirdan aytaman: qiyin uchrashuv bo‘ladi. Chunki Qo‘qonda bahs olib boramiz. Keyin esa «Nasaf» haqida o‘ylaymiz.

— Birinchi davrada jamoaning asosiy hujumchisi Muhammadali Abdurahmonov bo‘ldi. Rustam Turdimurodov esa uch uchrashuvda uchta gol urdi va shu orqali u asosiy hujumchiga aylandimi? Ikkinchi savolim, Asilbek Jumayev yil oxirida Yevropaga yoki o‘zimizning grand jamoalardan biriga o‘tishi haqida gap-so‘zlar bor.

— Turdimurodovni kuzatib borayotgandik, u jamoani kuchaytirdi. Abdurahmonov va Turdimurodov yaxshi juftlik hosil qilishdi. Bu kelajak uchun katta qadam. Ularning ikkisi ham raqib darvozabonini ko‘p bezovta qilmoqda va ko‘plab vaziyatlar yaratmoqda. Jamoamdagi istalgan futbolchi yetakchi bo‘la oladi deb o‘ylayman. Hozir barcha futbolchilar o‘z vazifasini bajarmoqda. Muhammadali, Asilbek, Rustamning barchasi o‘z rolini yaxshi bajaryapti. Jamoamizning rivojlanish yo‘li biroz o‘zgardi. Chunki 8 nafar futbolchi ketgan bo‘lsa, qo‘l ostimizda qolgan kam o‘yin amaliyotiga ega futbochilarga imkon beryapmiz. Hali bu o‘z mevasini beradi.

— Yozda 8 nafar futbolchining ketishi Sizni qanchalik ranjitdi?
— Futbolchilarning o‘zi qo‘yib yuborishimizni so‘radi. Ular boshqa klublarda to‘p tepishni istashdi. Rahbariyatga bu ma’qul keldi. Futbolchilarga boshqa joydan taklif bo‘lsa, ularni qo‘yib yuborish bo‘yicha kelishuv bor edi. «Surxon»ning vazifasi shunday: o‘zbek futboli rivoji yo‘lida futbolchi tarbiyalash.

— "Bunyodkor" gol urganidan keyin sizni asabiy holda ko‘rdik.
— Gol o‘tkazib yuborganimizda jahlim chiqdi. Maqsad "nolga o‘ynash edi".

— Bugun Behruz Shaydulov «Surxon» tarkibida 150-o‘yinini o‘tkazdi.
— Uni mening nomimdan tabriklab qo‘ying (kuladi).

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 06:27, 14.08.2025.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.