Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Liverpul" himoyachisining "Real"ga o‘tish imkoniyati oshmoqda

"Liverpul" himoyachisining "Real"ga o‘tish imkoniyati oshmoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konatening Madridning "Real" klubiga o‘tish imkoniyatlari o‘sishda davom etmoqda. Katta ehtimol bilan "qaymoqranglilar" joriy transferlar oynasining so‘nggi kunlarida fransiyalik futbolchini sotib olishga urinib ko‘radi, deb xabar beradi Diario AS. Ayni damda "qizillar" Mark Gexi va Jovanni Leonining transferi ustida ishlamoqda - agar ikkalasi ham qo‘lga kiritilsa, Konate yaqin haftalar ichida Madridga qo‘yib yuborilishi mumkin.

Ibraima Konatening o‘zi allaqachon "Real"ga o‘tishga rozi bo‘lgan - u shu yozdayoq transfer yakunlanishiga tayyor, ammo "Liverpul" bilan shartnomasi muddati tugaydigan keyingi yilgacha ham kutishi mumkin. Shunisi aniqki, futbolchi "qirollik klubi"da o‘ynashni xohlaydi.

Manbaga ko‘ra, Ispaniya grandi 26 yoshli futbolchi uchun ko‘pi bilan 25 mln yevro taklif qiladi.

Kiritildi: 13:15, 14.08.2025.
O'qildi: 1982 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик