Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Tottenxem" hujumchisi ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlarga uchradi

"Tottenxem" hujumchisi ijtimoiy tarmoqlarda haqoratlarga uchradi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" "PSJ"ga qarshi kechgan UYEFA Superkubogi bahsida ikki gol farqni qo‘ldan chiqardi. O‘yiye penaltilar seriyasiga qadar yetib bordi, unda omad parijliklarga kulib boqdi. "Shporlar" tarkibida Mikki van de Ven va Matis Tel gol ura olmadi.

O‘yindan so‘ng Tel ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, irqiy sabablarga ko‘ra haqoratlana boshladi. Bu borada "Tottenxem" bayonot berdi. Klub rasistlarni qoralaydi.

"Biz Matis Tel ijtimoiy tarmoqlarda duch kelayotgan irqchilik haqoratlaridan g‘azabdamiz. Matis penalti tepishga qaror qilib, mardlik va jasorat ko‘rsatdi. Uni haqorat qilayotganlar o‘z jirkanch qarashlarini to‘kib solish uchun anonim ismlar ortiga yashiringan qo‘rqoqlar, xolos," - deyiladi bayonotda.

"Tottenxem" g‘azabli izohlar mualliflarini aniqlash va ularni jazoga tortish uchun huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilmoqchi.

Kiritildi: 13:36, 14.08.2025.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик