Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barsa" AQSHdagi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yin uchun 5-6 mln yevro olishi mumkin

"Barsa" AQSHdagi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yin uchun 5-6 mln yevro olishi mumkin

Baho:
+ | -

"Barselona" La Liganing AQSHdagi "Vilyarreal"ga qarshi o‘yini uchun 5-6 mln yevro olishi mumkin.

Avvalroq, La Liga 17-turidan o‘rin olgan jamoalar o‘rtasidagi o‘yin Mayamida bo‘lib o‘tishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.

Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi ushbu o‘yinni 20 dekabr kuni Amerika shahrida o‘tkazish bo‘yicha UEFAga so‘rov yuborgani xabar qilingandi.

Diario Sport xabariga ko‘ra, Ispaniya futbolchilari assosiasiyasi (AFE) La Liga rahbari va RFEF vitse-prezidenti Xavyer Tebas ishtirok etmagan yig‘ilishda ushbu taklifga qarshi ovoz bergan.

Ammo bu tashabbus yakunda ma’qullansa, "Barselona" va "Vilyarreal" moliyaviy kompensasiya oladi.

Rac 1 ma’lumotiga ko‘ra, u 5 mln yevrodan 6 mln yevrogacha bo‘ladi. Shu bilan birga, "Vilyarreal" uchun bu summa biroz ko‘proq bo‘ladi, chunki ular o‘yin chiptalarini sotishdan tushmagan pullarni qoplaydi.

Kiritildi: 14:28, 14.08.2025.
O'qildi: 1025 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик