Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Slot Virsni yetuk futbolchi sifatida ko‘rmoqda

Slot Virsni yetuk futbolchi sifatida ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

Arne Slot Florian Virsni yetuk o‘yinchi sifatida ko‘radi.

22 yoshli yarim himoyachi yozda "Bayer"dan "Liverpul"ga o‘tgan edi.

"Aslida biz uni yosh futbolchi deb hisoblashimiz mumkin, lekin men bunday deb hisoblamayman. U Germaniya kubogi va chempionatida g‘olib chiqdi, uning asosiy kuchi mentalitetda.

Bu ko‘p narsani anglatadi, chunki uning o‘yinini ko‘rganingizda, u juda kreativ. U psixologik jihatdan kuchli, uni na transfer narxi, na boshqa narsa chalg‘itadi.

Yaxshi o‘yinchilar har doim yaxshi jamoalarda munosib o‘ynash yo‘lini topishadi. U Angliyaga, ligaga, uning darajasiga va jamoadoshlariga moslashishi kerak. Uning moslashuvi allaqachon ancha yaxshi, hatto biz kutgandan ham yaxshiroq o‘tdi," - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.

Kiritildi: 17:23, 14.08.2025.
O'qildi: 616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик