Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasmus Xyoylundga APL klubi qiziqib qoldi

Rasmus Xyoylundga APL klubi qiziqib qoldi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" forvardi Rasmus Xyoylund faoliyatini davom ettirish uchun yana bir variantga ega bo‘ldi. Daniyalik futbolchiga "Fulxem" qiziqish bildirgan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Fulxem" rahbariyati Xyoylundni o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas, ammo hozircha rasmiy taklif bilan chiqmaydi. Klub hujumchining o‘zi ham londonliklar safiga qo‘shilishni istayotganiga ishonch hosil qilmoqchi.

Mish-mishlarga ko‘ra, yaqinda "Manchester Yunayted" Xyoylundga murabbiylar shtabi kelgusi mavsumda unga ishonch bildirmasligini ma’lum qilgan. Hozirda futbolchi "Milan" bilan muzokaralar olib bormoqda.

Kiritildi: 22:54, 14.08.2025.
O'qildi: 1652 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик