Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

O‘zPFL texnikasi vodiyning 4 ta shahrida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi (video)

O‘zPFL texnikasi vodiyning 4 ta shahrida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi (video)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Endilikda Liga 6 ta professional kamerani o‘z ichiga olgan ko‘chma televizion stansiyaga ega.

"Shulardan 3 tasi Super slow motion kamera bo‘lib, ular sifatli sekinlashtirilgan kadrlarni yozib olish imkoniyatini taqdim etadi. 

Xarid qilingan texnika Sprinter ichiga maxsus jihozlangan. Lozim holatda u uch barobar ko‘proq kameralar bilan ishlay olish imkoniyatiga ega. Ayni vaqtda KTS ichiga qo‘shimcha 2 ta kamera jalb qilingan bo‘lib, u umumiy hisobda 8 ta kamera bilan faoliyat olib bormoqda. 

Mazkur KTS Superliga va O‘zbekiston Kubogi bellashuvlarini nafaqat sifatli teletranslyasiya qilish imkoniyatini beradi, balki VAR takrorlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Futbol uchrashuvlari davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy holatlar rejissyor hamda tasvirchilar mahoratidan kelib chiqib, VAR uchun yuqori sifatli videotakrorlarni taqdim etishi mumkin.  

Liga “Sport ijodiy uyushmasi” bilan kelishgan holda o‘z texnikasini vodiydagi futbol uchrashuvlariga jalb qilishga qaror qildi. Avvalroq KTS 27 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Superkubok o‘yinida sinov tariqasida ishlagan bo‘lsa, keyinchalik ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogining saralash uchrashuvlarida ishladi. Shundan so‘ng Liga uni vodiydagi bellashuvlarga jalb qildi. Hozirgacha KTS Superliganing 17-18-turlaridan joy olgan 4 ta qarama-qarshilik: Namangan, Qo‘qon, Farg‘ona hamda Andijonda bo‘lib o‘tgan o‘yinlarda muvaffaqiyatli faoliyat olib bordi. Ularning barchasida 8 ta kameradan foydalanildi va mazkur holat Superliga o‘yinlarining sifatli teletranslyasiya qilinishini ta’minladi, shuningdek, VAR bilan bog‘liq takroriy lavhalarda aniqlik nisbatan oshdi. 

Avvalroq Liga o‘z ofisida alohida studiya tashkil qilgandi. Mazkur studiyadan hozirga qadar MOQ, O‘FA, O‘FF kabi hamkor tashkilotlar ham foydalanib ulgurdi. Shuningdek, Liga bayrog‘i ostidagi musobaqalarda ishtirok etadigan klublar a’zolari bilan fotosessiyalar shu studiyada tashkil etib kelinmoqda. Endilikda biz o‘zimizning ilk ko‘chma televizion stansiyamizga ega bo‘ldik. Kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlar davom ettiriladi va Liga teletranslyasiyalar masalasini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi izlanishlarini davom ettiradi", – deyiladi xabarda.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:15, 15.08.2025.
O'qildi: 786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.