"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Rodrining holatiga izoh berdi.
"Rodri tez orada qaytadi. Muhimi, uning tizzasi yaxshi. Endi u mashg‘ulotlarga ko‘proq vaqt ajratishi mumkin. Biz uni jarohatidan so‘ng yana qiynalishini istamaymiz. U mashg‘ulotlarni yaxshi o‘tkazmoqda. U birinchi o‘yinimizga boradi va biz unga necha daqiqa berishni hal qilamiz," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.













