Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ekitike "Liverpul" safida Premyer-ligadagi muvaffaqiyatli debyutidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Ekitike "Liverpul" safida Premyer-ligadagi muvaffaqiyatli debyutidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

"Liverpul" hujumchisi Ugo Ekitike Angliya Premyer-ligasidagi debyut o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Fransuz birinchi turda "Bornmut"ga qarshi o‘yinning 37-daqiqasida gol urgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Kodi Gakpoga assistentlik qildi va APLdagi debyut o‘yinida gol va assistentlik qilgan "Liverpul" tarixidagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Bahs Arne Slot jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Yaxshi o‘yin, lekin bundan ham yaxshiroq o‘ynashim mumkin edi. Eng muhimi - biz xarakter ko‘rsatib, g‘alaba qozondik. Biz bugun bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarimiz va Diogu uchun g‘alaba qozonishni xohladik. Biz o‘z maqsadimizga erishdik va buni istagan barcha uchun xursandman," - dedi "qizillar"ning yangi futbolchisi Sky Sports’ga bergan intervyusida.

Kiritildi: 08:41, 16.08.2025.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик