Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Bahrom Haydarov: "Tezkor goldan so‘ng xato qilishga qo‘rqib o‘ynadik"

Bahrom Haydarov: "Tezkor goldan so‘ng xato qilishga qo‘rqib o‘ynadik"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 19-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Surxon" (2:0) uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani tashkil etildi.

Uning ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov ishtirok etdi va savollarga javob qaytardi.

"Juda ham og‘ir o‘yin bo‘ldi, "Surxon" O‘zbekistondagi har bir jamoaga muammo tug‘dira olyapti. Futbolchilarning aksariyati anchadan beri birga o‘ynamoqda, jamoa barqaror yo‘lda. Uchrashuvning boshida tezkor gol urganimiz salbiy ta’sir ko‘rsatdi shekilli raqib iloji boricha ko‘proq oldinga o‘tdi. Jamoamiz xato qilishga qo‘rqib o‘ynadi. Bu ruhiy holat ustida ish olib boramiz. Qo‘rquvni yo‘qotishimiz kerak. Mazkur omil "Sho‘rtan" bilan o‘yinda ham sezilgandi. Yigitlarga rahmat aytishim kerak. Oxirigacha harakat qilishdi, xatolar kamroq bo‘ldi. To‘p nazorati tabiiyki yutqazayotgan jamoa tomonida bo‘ldi. Tezkor qarshi hujumlarga o‘tishga intildik, lekin ayrim vaziyatlarda sovuqqonlik yetishmadi",- deydi Bahrom Haydarov.

- FIFA kunlari munosabati bilan 20 kun tanaffus yuzaga keladi. Bundan foydalanib nazorat uchrashuvlari tashkil qilinadimi?

- Albatta. Hozir bu haqida o‘ylamoqdamiz, rejamizni ishlab chiqyapmiz. Ayni paytda e’tiborimiz "Buxoro" bilan o‘yinga qaratilgan, chunki har bir 3 ochko suv va havodek zarur bo‘lyapti. Nazorat uchrashuvlari bo‘ladi faqat qayerda tayyorgarlik ko‘rishimiz noma’lum. O‘tgan yili ham bunday holatga tushganmiz. Sport formani yo‘qotmasdan mashg‘ulotlarni olib boramiz.

- Kleydi Dasi va Shoxruh Gadoyevning o‘yinidan mamnunmisiz? Tavakkal qilishdan qo‘rqmayapsizmi?

- Tavakkal qilmasangiz bo‘lmaydi. Har bir zaxiramiz tavakkal qarorlar mahsuli, chunki futbolchini o‘yinga qanday qo‘shilib ketishini oldindan bilolmaysiz. Kimdir ruhan tayyor bo‘lmaydi, yana boshqasi jismonan. Jasur Xolto‘rayevning ozgina jarohati bor edi. Lekin ular ko‘proq to‘pni nazorat qilgani uchun o‘rta chiziqni kuchaytirishga harakat qildik. Pazildinov, Husanovni tushirdik. Shuni hisobiga oxirgi daqiqalarda o‘yinimiz o‘xshadi. Qo‘rqsangiz zaxira qilishingiz kerakmas.

- Shoxruh Gadoyev sport formasiga kirib bormoqda. U terma jamoaga chaqirilishi mumkinmi?

- O‘zbekistonda 16 ta jamoa bo‘lsa nafaqat Superliga balki Pro ligadan ham o‘zini ko‘rsatsa futbolchi chaqirilishi mumkin. Terma jamoaga eshiklar ochilaveradi. Qo‘qondan ham terma jamoaga futbolchi olinsa xursand bo‘lar edik. Yoshlardan Abdug‘afur Haydarov bor, Muhriddin Pazildinov debyut qildi. Har bir jamoaning maqsadi terma jamoaga futbolchi tayyorlab berishdir.

Kiritildi: 22:35, 17.08.2025.
O'qildi: 557 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.