Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Otabek Narzullayev: "Andijon"ga qarshi hujum taktikada o‘ynamasak bo‘lmasdi"

Otabek Narzullayev: "Andijon"ga qarshi hujum taktikada o‘ynamasak bo‘lmasdi"

Baho:
+ | -

Muborakning "Mash’al" jamoasi Superliganing 19-turida "Andijon"dan ustun keldi (1:0). Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Otabek Narzullayev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bugun muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Yigitlar iroda ko‘rsatishdi. Qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘lim bizning nazoratimizda o‘tdi. Vaziyatlardan foydalana olmadik, ikkinchi bo‘limda 1:0 hisobini ushlashga harakat qilishdi. Bu kabi xatolar ustida ishlashimiz, yaxshilashimiz kerak. Barchani tabriklayman. Jamoa ruhan tushkunlikda edi, bu futbolchilarga o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytardi", - deydi Otabek Narzullayev.

— Bu sizning ilk rasmiy g‘alabangiz. Raqib kuchsiz emasdi. Shunga qaramay g‘alaba uchun taktika ishlab chiqdingiz. Asosiy xatolar nimada bo‘lyapti deb hisoblaysiz?

— Aytganimdek, goldan so‘ng ruhan yutdik deb o‘ylashmoqda. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. "Andijon" yaxshi jamoa, ularni o‘rganib chiqqan edik. Bu jamoaga qarshi hujumkor o‘ynamasak bo‘lmasdi. Mavsum boshida "Paxtakor", "Dinamo"lar bilan qarshi hujumda o‘ynagandik. Endi hujumkor taktikani qo‘lladik. Xatolarimiz ustida ishlaymiz, keyingi o‘yinlardan bundan ham yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:45, 17.08.2025.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик