Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Atletiko" yarim himoyachisi uchun kurashga APLning yana bir klubi qo‘shildi

"Atletiko" yarim himoyachisi uchun kurashga APLning yana bir klubi qo‘shildi

Baho:
+ | -

Yaqinda "Atletiko" markaziy yarim himoyachisi Konor Gallaxerga "Tottenxem" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Fichajes xabariga ko‘ra, ingliz futbolchisi APLning yana bir klubi e’tiboriga tushgan.

Manbaga ko‘ra, "Kristal Pelas" Madrid klubi futbolchisi uchun "shporlar" bilan transfer poygasiga qo‘shilmoqchi. "Burgutlar" bosh murabbiyi Oliver Glasner Gallaxerni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi, chunki hujumkor yarim himoyachi Eberechi Eze yozda klubni tark etishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Konor Gallaxer "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 6 ta golga hammualliflik qilgan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining narxi - 40 mln yevro.

Kiritildi: 23:40, 17.08.2025.
O'qildi: 983 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик