Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Kopengagen" himoyachisiga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

"Kopengagen" himoyachisiga APLning ikki klubi qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Kopengagen" markaziy himoyachisi Gabriel Pereyra faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga "Sanderlend" va "Byornli" klublari qiziqish bildirmoqda. Yaqin kunlarda Daniya klubiga rasmiy taklif tushishi mumkin.

O‘tgan mavsumda Gabriel Pereyra "Kopengagen" safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt xabariga ko‘ra, 25 yoshli himoyachining narxi 6 million yevroga teng.

Kiritildi: 21:43, 18.08.2025.
O'qildi: 901 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик