Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Superliga. "Sho‘rtan" – "Navbahor". Prevyu

Superliga. "Sho‘rtan" – "Navbahor". Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turi doirasida "Sho‘rtan" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi.

Ta’kidlash joizki, g‘uzorliklar 7 yillik tanaffusdan so‘ng, joriy mavsumda yana Superligaga qaytishdi.   

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kungacha o‘zaro 25 marta ro‘baro‘ kelishgan. O‘tkazilgan bahslarning 13 tasida namanganliklar yutuqqa erishgan bo‘lsa, 4 ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 8 ta o‘yinda esa “Sho‘rtan” zafar quchgan. To‘plar nisbati –  40-34, “Navbahor” foydasiga.

Ushbu klublar o‘rtasidagi o‘yinlarda namanganliklarning eng yirik hisobdagi g‘alabasi 4:0 hisobi qayd etilgan bellashuv bo‘lib, “lochinlar” 2010 yilgi mavsumda o‘z maydonlarida shu hisobda zafar quchishgan.

G‘uzorliklarning “Navbahor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi ham 4:0 hisobi bilan yakunlangan uchrashuv bo‘lib, “Sho‘rtan” 2010 yilda o‘z maydonida shunday hisobda zafar quchgan.

O‘zaro o‘yinlarda namanganliklar 43 ochkoni, g‘uzorlikliklar esa 28 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

G‘uzorda o‘tkazilgan 12 ta uchrashuvning 7 tasida “Sho‘rtan”, 4 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlagan.

G‘uzorliklar o‘z maydonida o‘tkazilgan bahslarda namanganliklar darvozasiga 23 ta gol urib, o‘z darvozasidan 15 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Ushbu klublarning birinchi davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida vakillarimiz Igor Gabriyel (45+3) va Abbosjon G‘ulomov (90+7)larning gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi.   

Eslatib o‘tamiz, “Sho‘rtan” – “Navbahor” bahsi 20 avgust kuni G‘uzor shahridagi “Markaziy” stadionida soat 19:00 da start oladi.

Kiritildi: 15:36, 19.08.2025.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик