"Barselona" hujumchisi Markus Reshford La Ligada APLga qaraganda raqiblar himoyasi zichroq bo‘lishi uning uchun muammo bo‘ladimi, degan savolga javob berdi.
"Menimcha, ha. Ispaniyada bo‘sh joy kamroq. Ammo "Malyorka" bilan o‘yin kamdan-kam uchraydigan tasodif bo‘ldi, deb o‘ylayman, chunki ularda ikki o‘yinchi maydondan chetlatildi va ular butun jamoa bo‘lib himoyalandilar. Ammo barcha o‘yinlar ham bunday bo‘lmaydi," - deya Reshfordning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.
"Barselona" Reshfordni joriy transfer oynasida "Manchester Yunayted"dan ijaraga oldi. Futbolchining debyuti Ispaniya chempionatining birinchi turida "Malyorka"ga qarshi o‘yinda (3:0) bo‘lib o‘tdi, u yerda vinger 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.













