"Manchester Siti" markaziy yarim himoyachisi Sverr Nyupan ijara asosida "Midlsbro"ga o‘tdi. Bu haqda Chempionship klubi matbuot xizmati rasmiy saytida xabar berildi.
Norvegiyalik xavbek joriy mavsum yakuniga qadar "Midlsbro" sharafini himoya qiladi.
Nyupan shu yozda "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. 18 yoshli yarim himoyachi "Rusenborg"dan 14,5 mln yevroga sotib olindi. Norvegiya chempionatining o‘tgan mavsumida Nyupan to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgani bilan yodda qolgan.
Chempionshipning ikki turidan so‘ng "Midlsbro" oltita ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.













