Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Roma" "Manchester Yunayted" bilan barchasini kelishib olgan edi

"Roma" "Manchester Yunayted" bilan barchasini kelishib olgan edi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho hamon "Roma"ga o‘tishi mumkin.

Kuni kecha xabar berilganidek, "qizil iblislar" ingliz futbolchisini Rim klubiga sotishga tayyorligini bildirgan, biroq futbolchi "bo‘rilar"ga o‘tishga rozilik bermagan edi. Sky Sport Italia’ning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" va "Roma" bitimning barcha shartlarini hal qilgan: transfer qiymati 19 mln yevro va bonuslar ko‘rinishida 5 mln yevroni tashkil qiladi. Muammo shundaki, 25 yoshli futbolchining o‘zi hamon transferga rozilik bermagan.

Jeydon Sancho "Roma" uchun maoshini keskin qisqartirishga rozi bo‘lmoqchi emas. Futbolchiga "Beshiktosh" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 13:20, 20.08.2025.
O'qildi: 1244 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик