Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna 2-2 Malyorka
07/03 19:00 Kalyari 1-2 Komo
07/03 20:15 Levante 1-1 Jirona
07/03 22:00 Atalanta 2-2 Udineze
07/03 22:30 Atletiko 3-2 Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan - Inter
09/03 01:00 Valensiya - Alaves

Sergey Lushan: «Bunday o‘yinlardan keyin infarkt bo‘lib qolish hech gap emas»

Sergey Lushan: «Bunday o‘yinlardan keyin infarkt bo‘lib qolish hech gap emas»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 20-turidan o‘rin olgan «Sho‘rtan» – «Navbahor» (3:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

— Avvalo uchrashuv haqidagi fikringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
— Bunday o‘yinlardan keyin infarkt bo‘lib qolish hech gap emas. O‘zimizga gol uramiz, o‘zimiz qizil kartochka olamiz. Bir kishi kam bo‘lib, hisobda oldinga chiqib olamiz, keyin yana darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuboramiz. Afsus. Lekin, qo‘lni tushirmasdan ishlashda davom etamiz, oldinda jamoamizning O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yini bor.

— Qizil kartochkaga munosabatingiz qanday bo‘ldi?

— Toza berildi, deb o‘ylayman. Futbolchi raqibga tikka bordi. Menimcha, u kamida uchta o‘yinga diskvalifikasiya qilinadi. Futbolchimiz yosh, qiziqqon, hali tajribasi kam. Shuning uchun shunday bo‘ldi. Bunday holat uchrab turadi.

— «Navbahor» darvozasiga urilgan birinchi golni qanday izohlaysiz?

— O‘z darvozamizdan tezkor to‘p o‘tkazib yubordik, darvozabonimiz xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘zimizga o‘zimiz gol olib keldik. Aslida aybni darvozabonlarga to‘nkash og‘ir, ular alohida olam, balki bu psixologiya bilan bog‘liqdir.

— «Sho‘rtan»ning turnir jadvalida so‘nggi pog‘onada ekanligi ham shogirdlaringizga raqibni bemalol yutamiz, degan fikrni bergan bo‘lishi mumkinmi?

— Biz ikki marta hisobda ortda borayotib, vaziyatni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldik. «Sho‘rtan»ning oxirgi o‘rindaligiga qaramadik. Biz qiyin bahs bo‘lishini bilardik. Nimayam derdim, yutishimiz kerak bo‘lgan o‘yinda durang qayd etdik.

«Navbahor» PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:04, 21.08.2025.
O'qildi: 1086 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.