Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Kasadoga qiziqish bildirayotgan klublar soni yana bittaga ko‘paydi

Kasadoga qiziqish bildirayotgan klublar soni yana bittaga ko‘paydi

Baho:
+ | -

Mark Kasado "Betis" e’tiboriga tushdi.

Avvalroq, "Barselona" yarim himoyachisiga APLning "Vulverxempton" va "Vest Xem" klublari qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘lgandi. U allaqachon 21 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha taklif bilan chiqqan.

"Betis" ham Jonni Kardozo ketganidan keyin yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Kasadoni kuzatib bormoqda, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

"Barsa" Mark bilan xayrlashmoqchi emas, ammo agar yarim himoyachi transfer oynasi yopilgunga qadar o‘ziga o‘yin vaqti yetishmayotganini tushunsa va ketishni istasa, kataloniyaliklar kamida 30 mln yevrolik takliflarni tinglashga tayyor.

Ayni paytda, futbolchiga yaqin manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Kasado ketish variantlarini ko‘rib chiqmayapti.

Kiritildi: 15:39, 21.08.2025.
O'qildi: 989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик