Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

«Napoli» prezidenti: «Xvichani agent tahdidi sababli «PSJ»ga sotishga majbur bo‘ldim»

«Napoli» prezidenti: «Xvichani agent tahdidi sababli «PSJ»ga sotishga majbur bo‘ldim»

Baho:
+2 | -

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentisning aytishicha, u Gruziya terma jamoasi hujumchisi Xvicha Kvarasxeliyani 2025 yil qishida agentining shartnomani bekor qilish bilan bog‘liq tahdidi sababli «PSJ»ga sotishga majbur bo‘lgan.

Gruziyalik futbolchi 2025 yil yanvar oyida Parij klubiga 70 million yevro evaziga o‘tgan.

«Men Kvarasxeliyani sotishimga to‘g‘ri keldi, chunki uning agenti shartnomani bir tomonlama bekor qilish (FIFA reglamentining 17-moddasi) asosida tahdid qilgan.

Uning ilk ajoyib mavsumi ortdanoq, biz darhol shartnomani uzaytirish muzokaralariga kirishdik, maoshini oshirdik va katta miqdorda taklif berdik. Kichik maosh uni dunyoning yarmi e’tiboriga tushirishi aniq edi, chunki ular uni oltinga ko‘mib tashlashga tayyor edi.

Biroq uning agenti Mamuka Jugeli o‘zini va o‘yinchini boshqa rejalar bilan ta’minlamoqchi edi. U boshqa klubdan o‘zi uchun ulkan komissiya va Xvicha uchun ikki xonali raqamli maosh talab qildi. Shartnoma ikkinchi yili yakuniga yetganda Germaniyada Yevropa chempionati bo‘lib o‘tdi. Biz masalani hal qilish uchun Dyusseldorfga uchdik, lekin Mamuka vaqtni cho‘zaverdi. U «Napoli»ning sobiq sport direktori Kristian Djuntoli unga pul va’da qilganini, ammo pul berilmaganini aytdi. Bu yolg‘on edi, uni tekshirish qiyin emasdi.

Men uni avvalroq sotishim kerak edi, chunki «PSJ» Kvarasxeliya va Osimhen dueti uchun 200 million yevrodan ko‘proq taklif qilgan edi. Lekin men Kontega uni saqlab qolishga va’da bergan edim va va’damni buzolmadim», — deydi De Laurentisning so‘zlarini Tuttomercatoweb nashri Corriere della Seraga tayanib keltirdi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 16:21, 21.08.2025.
O'qildi: 1092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.