Alvaro Benitoning fikricha, Vinisius Juniorning muammosi psixologiyada.
"Vinisius bir necha yil oldin, dunyoning eng yaxshi hujumkor futbolchisiga aylanganida tutgan yo‘liga qaytishi kerak.
Bu boshqa narsadan ko‘ra ko‘proq psixologik muammo," - dedi "Real"ning sobiq yarim himoyachisi.
Shuningdek, Benito braziliyalik futbolchining Kilian Mbappe bilan birga bo‘lishini muammo emas, balki imkoniyat deb bilishini ta’kidladi. Bundan tashqari, u jamoaga "barcha [sovrinlarga] da’vogarlik qilish uchun kuchli Vinisius kerakligini" ta’kidladi.













