Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm

"Dinamo" 20-turdagi "So‘g‘diyona" bilan o‘yin yuzasidan rasmiy shikoyat kiritdi

"Dinamo" 20-turdagi "So‘g‘diyona" bilan o‘yin yuzasidan rasmiy shikoyat kiritdi

Baho:
+ | -

Superliga 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Dinamo" uchrashuvi yakunlangach, "Dinamo" klubi hakamlik yuzasidan rasmiy shikoyat arizasi kiritgandi. Kecha klub o‘yinning aynan qaysi epizodlariga nisbatan e’tirozini borligini bildirib, Ligaga rasmiy xat yo‘lladi.

Shikoyat kiritishda "Dinamo" "Superliga va Proliga reglamenti"da ko‘rsatib o‘tilgan bandlarga to‘liq rioya qildi. Ya’ni, uchrashuv yakunlangach klub 30 daqiqa ichida qaydnomaga rasmiy shikoyat kiritdi. 24 soat ichida esa aynan qaysi epizodlardan norozi ekanligi borasida xat yo‘lladi. Quyida e’tirozlar aynan qaysi voqealarga nisbatan ekanligi keltirib o‘tiladi:

• 3-daqiqa: Anvarjon Hojimirzayevning Ivanovich tomonidan jarima maydonchasi ichida to‘xtatib qolinishi;

• 9-daqiqa: Sanjar Qodirqulovning hakam tomonidan ogohlantirilishi;

• 11-daqiqa: Anvarjon Hojimirzayevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikka nisbatan bosh hakamning qarori;

• 31-daqiqa: Fransisko Ferreyra hamda Suhrob Izzatov o‘rtasidagi kurashga nisbatan bosh hakamning reaksiyasi;

• 75-daqiqa: "So‘g‘diyona" futbolchisi Nodirjon Soibovning maydondan chetlatilmagani;

• 90+6-daqiqa: "Dinamo" darvozasiga penalti belgilanishi.

Liga mutaxassislari ham mazkur vaziyatlarni o‘rganib chiqqach, yuqorida qayd etilgan holatlarning ayrimlariga nisbatan ularda ham savollar paydo bo‘ldi. Endilikda "Dinamo" klubining shikoyati yuzasidan O‘zFHM tushuntirish berishi talab qilinadi va mazkur javob Liga sahifasida e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Liga hakamlarni o‘qitish, ularni uchrashuvlarga tayinlash, hakamlikni baholash va ularni jazolash vakolatiga ega emas. Biroq hakamlarning uchrashuvlarda faoliyat olib borishi bilan bog‘liq barcha harajatlar Liga tomonidan qoplab beriladi. Shundan kelib chiqibgina, klublar hakamlikka nisbatan shikoyat kiritgach, Liga ularga rasmiy tushuntirish berishni O‘zFHM rahbariyatidan talab qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:29, 22.08.2025.
O'qildi: 1499 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.