Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xorvatiya terma jamoasi a’zosi La Liga klubiga o‘tdi

Xorvatiya terma jamoasi a’zosi La Liga klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

Xorvatiyalik vinger Yosip Brekalo Ispaniya Primerasining "Real Ovyedo" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolchining transferi erkin agent maqomida amalga oshirildi. Shartnoma ikki yilga imzolangan. Ilgari chap qanot vingeri "Fiorentina" futbolchisi bo‘lgan, ammo so‘nggi mavsumni Turkiyada Istanbulning "Qosimposhsho" jamoasida o‘tkazgan. Avvalroq Zagrebning "Dinamo" klubi tarbiyalanuvchisi "Volfsburg", "Shtutgart", "Torino" va Splitning "Xayduk" klublarda o‘ynagan.

Brekalo Xorvatiya terma jamoasi safida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan.

"Real Ovyedo" uzoq yillik tanaffusdan so‘ng yana La Ligaga qaytdi.

Kiritildi: 18:24, 22.08.2025.
O'qildi: 851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик